Ru De En

Emlash davom etmoqda

Suratda: Namangan shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika pediatori Maftuna Bahromova o‘quvchilar bilan.

Mamlakatimizda davom etayotgan virusli gepatit B turining oldini olish bo‘yicha 8-9 yoshli bolalarni emlash haftaligi Namangan viloyatida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Namangan shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi tomonidan joylarda tashkil etilgan emlash punktlarida tajribali shifokor va hamshiralar bolalarni talablar darajasida emlash ishlarini amalga oshirmoqda.

 

Hotam Mamadaliyev (surat)

 

uza.uz


© Все права защищены 2026г. E-mail: journal@medicalexpress.uz