Zamonaviy vrachlik punkti
Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga erishilmoqda.

Sho‘rchi tumanidagi “Oxunboboyev” qishloq vrachlik punkti 14 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Birlamchi tibbiy muassasa "Salomatlik-2" loyihasi doirasida zamonaviy usulda jihozlangan. Bemorlarni qabul qilish, diagnostika, kunduzgi statsionar, fizioterapiya, laboratoriya, zararsizlantirish, muolaja, emlash xonalarida barcha qulaylik yaratilgan. Muassasaning malakali tibbiy xodimilari aholi o‘rtasida reproduktiv salomatlik, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom oila va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tug‘ruqlar oralig‘ini saqlash, istalmagan homiladorlikning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bormoqda.
Farhod Abdurasulov (surat).